MJK · 198-9-modda

198-9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hamda uning hududiy boʻlinmalarining koʻrsatmalarini bajarmaslik

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hamda uning hududiy boʻlinmalarining koʻrsatmalarini bajarmaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.