MJK · 202-modda

202-modda. Ruxsat etilmagan yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari va namoyishlar oʻtkazish uchun sharoitlar yaratish

Ruxsat etilmagan yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari va namoyishlar qatnashchilariga binolar yoki boshqa mulk (aloqa vositalari, koʻpaytiradigan va boshqa xil texnik uskunalar, transport)ni berish yoki shunday tadbirlarni oʻtkazish uchun boshqa sharoitlarni yaratish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining — yetmish baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.