MJK · 21-modda

21-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish

Sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli boʻlgan taqdirda, sud huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin. Agar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi haqida xulosaga kelsa, ish huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ushbu Kodeksning 308-1-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.