MJK · 215-1-modda

215-1-modda. Korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish

Korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni mansabdor shaxslar tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organlariga taqdim etmaslik yoki vaqtida taqdim etmaslik —

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.