MJK · 224-modda

224-modda. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish

Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirishga hamda ularda yashashga oid qoidalarni buzgan fuqarolarning bunday joylarda yashashiga yoʻl qoʻyish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.