MJK · 227-11-modda

227-11-modda. Bojxona organi mansabdor shaxsining bojxona nazoratini oʻtkazish uchun hudud va binoga kirishiga toʻsqinlik qilish

Bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari, bunday nazoratni oʻtkazish uchun kerakli hujjatlar mavjud boʻlgan yoki nazorat etish bojxona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud yoxud binoga bojxona organi mansabdor shaxsining kirishiga toʻsqinlik qilish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.