MJK · 244-modda

244-modda. Mansabdor shaxslarning vakolatlari

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ushbu Kodeksning 242-moddasi 4-bandida koʻrsatilgan organlar nomidan koʻrib chiquvchi mansabdor shaxslarning roʻyxati qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi.

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan mansabdor shaxslar ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan maʼmuriy jazo choralarini oʻz vakolatlari doirasida va faqat xizmat burchini bajarib turgan chogʻdagina qoʻllanishlari mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.