MJK · 255-1-modda

255-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga ushbu Kodeksning 50-1-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori va uning oʻrinbosarlari haqlidir.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.