MJK · 260-1-modda

260-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga ushbu Kodeksning 70-moddasida (bundan yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismi mustasno), 71-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish qoidalari mustasno), 72-moddasida (yer osti suvlariga doir qismida), 74-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosari — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda;

mintaqaviy inspeksiyalar boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravarigacha miqdorda;

inspektorlar — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda.

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 70-2-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.