MJK · 265-modda

265-modda. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari

Texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ushbu Kodeksning 212, 213-moddalarida, 214-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qismi mustasno) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima solish tarzidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravarigacha miqdorda;

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda jarima solishga.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.