MJK · 268-1-modda

268-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 215-1 va 215-6-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori hamda uning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda ularning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.