MJK · 269-3-modda

269-3-modda. Jabrlanuvchining arizasiga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritish

Ushbu Kodeksning 40, 41, 44, 45, 46, 46-1, 52-moddalarida, 61-2-moddasida (bundan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar mustasno), 193-3-moddasida hamda 202-2-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.

Jabrlanuvchi nochor ahvolda boʻlganligi, voyaga yetmaganligi, huquqbuzarga qaram boʻlganligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini oʻzi himoya qila olmaydigan alohida hollarda vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ham maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni boshlashi shart.

Ushbu Kodeks 61-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlmagan korxonaga, muassasaga, tashkilotga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilganda mazkur korxona, muassasa, tashkilot rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.

Ushbu Kodeksning 61-2-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlmagan korxonaga, muassasaga, tashkilotga nisbatan sodir etilganda mazkur korxona, muassasa, tashkilot rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.