MJK · 324-modda

324-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni tugatish bilan qarorni bekor qilish oqibatlari

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni tugatish bilan qarorni bekor qilish undirib olingan pul summalarini, haqi toʻlab olib qoʻyilgan va musodara qilingan narsalarni qaytarib berishga, shuningdek ilgari qabul qilingan qaror bilan bogʻliq boshqa cheklashlarni bekor qilishga sabab boʻladi. Narsani qaytarib berish mumkin boʻlmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun moʻljallangan boʻlsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi.

Fuqaroni maʼmuriy qamoqqa olish gʻayriqonuniy ravishda qoʻllanilganligi natijasida yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.