MJK · 324-36-modda

324-36-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining sud majlisida taftish tartibida koʻrishda taraflarning ishtirok etishi

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining sud majlisida taftish tartibida koʻrishda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ ishtirok etishga haqli. Ushbu shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin.

Prokuror tomonidan taftish tartibida protest kiritilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.