Basharti maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan boʻlsa, u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu Kodeksning 318-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi toʻxtatib turilgan taqdirda, kuchini yoʻqotish muddatining kechishi shikoyat yoki protest koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib qoʻyiladi. Ushbu Kodeksning 328-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, kuchini yoʻqotish muddatining kechishi muddatini kechiktirish davri oʻtgunga qadar toʻxtatib qoʻyiladi.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 327-moddaMaʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish
- 328-moddaMaʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini kechiktirish
- 329-moddaMaʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini tugatish
- 331-moddaMaʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal etish
- 332-moddaJarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish muddatlari va tartibi
- 332-1-moddaJarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.