MJK · 51-11-modda

51-11-modda. Saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish

Saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari toʻgʻrisidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni siyosiy partiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.