MJK · 79-1-modda

79-1-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini yigʻish, tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish

Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish hamda tayyorlashning, shuningdek oʻsimlik dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishning belgilangan tartibini hamda shartlarini buzish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.