MJK · 89-1-modda

89-1-modda. Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish

Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni tegishli ruxsatnomasiz, xuddi shuningdek ruxsatnomada koʻrsatilgan shartlarni buzgan holda zararsizlantirish —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.