MK · 177-modda

177-modda. Xodimning oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari himoya qilinishini rad etishi toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi shartlarining, ichki hujjatlar qoidalarining haqiqiy emasligi

Xodimning oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari himoya qilinishini rad etishini nazarda tutuvchi yoki xodimning oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini himoya qilish sohasidagi holatini qonunchilikka nisbatan yomonlashtiruvchi mehnat shartnomasining, xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi boshqa kelishuvlarning shartlari, ichki hujjatlarning qoidalari haqiqiy emasdir.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.