MK · 246-modda

246-modda. Mehnatga haq toʻlash shartlarini va miqdorini belgilash

Mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdori ish beruvchi hamda xodim oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, bajariladigan ishning murakkabligi va shartlari, xodimning kasbiy-malakaviy va ishchanlik sifatlari, uning mehnati hamda tashkilotning xoʻjalik faoliyati natijalari hisobga olingan holda ushbu ish beruvchida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash tizimlariga muvofiq belgilanadi.

Mehnatga haq toʻlash tizimlari, shu jumladan tarif stavkalari, maoshlar, kompensatsiya xususiyatiga ega qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar, shu jumladan normal sharoitlardan chetga chiquvchi sharoitlardagi ish uchun shunday qoʻshimcha toʻlovlar hamda ustamalar miqdorlari, ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar tizimlari hamda mukofotlash tizimlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasida belgilanadi.

Mehnatga haq toʻlash miqdori biror-bir eng koʻp miqdor bilan cheklanmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.