MK · 330-modda

330-modda. Mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi tufayli boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori

Mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi tufayli boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.

Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam boʻlmasligi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.