MK · 478-modda

478-modda. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi

Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa — yetti soatu oʻttiz daqiqadan ortiq boʻlmasligi kerak.

Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi:

oʻttiz soatli olti kunlik ish haftasida — besh soatdan, oʻttiz soatli besh kunlik ish haftasida esa — olti soatdan ortiq boʻlmasligi kerak;

yigirma toʻrt soatli olti kunlik ish haftasida — toʻrt soat, yigirma toʻrt soatli besh kunlik ish haftasida esa — besh soatdan ortiq boʻlmasligi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.