MK · 521-modda

521-modda. Umumiy qoidalar

Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (bundan buyon matnda chet el fuqarolari deb yuritiladi) nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning umumiy normalari tatbiq etiladi.

Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan va yashash guvohnomasiga ega boʻlmagan chet el fuqarolariga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu bobda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda tatbiq etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.