MK · 564-modda

564-modda. Mehnat shartnomasini gʻayriqonuniy ravishda bekor qilishda, ishdan gʻayriqonuniy ravishda chetlashtirishda yoki xodimni gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxsning zimmasiga moddiy javobgarlikni yuklash

Oʻzi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimga, ishdan gʻayriqonuniy ravishda chetlashtirilgan xodimga yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimga ish haqi toʻlash bilan bogʻliq holda mansabdor shaxs tomonidan ish beruvchiga zarar yetkazilgan taqdirda, sud yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor boʻlgan mansabdor shaxs zimmasiga yuklatadi. Bunday majburiyat mansabdor shaxs xodimni ishga tiklash toʻgʻrisidagi mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning yoki sudning qarorini kechiktirgan taqdirda ham yuklatiladi.

Moddiy zararning oʻrnini qoplash miqdori mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan ortiq boʻlmasligi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.