MK · 590-modda

590-modda. Noqonuniy ish tashlash

Mehnat kodeksi 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Rasmiy manba (lex.uz)

Agar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda ish tashlash amalga oshirilgan (amalga oshirilayotgan, amalga oshiriladigan) yoki ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu noqonuniy ish tashlash deb topiladi.

Ish tashlash sud tomonidan noqonuniy deb topilganda, mazkur masala boʻyicha sudning qarori toʻgʻrisida xodimlar ish tashlashga rahbarlik qiluvchi orqali darhol xabardor qilinishi shart.

Ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori darhol ijro etilishi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.