MSK · 139-modda

139-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim

Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks 17-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash va dastlabki eshituv Rasmiy manba (lex.uz)

Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda oʻzi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan muddatlar, sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.

Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda bayon etilishi mumkin, bundan dastlabki eshituv oʻtkaziladigan hollar mustasno.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.