MSK · 155-modda

155-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi

Sudning hal qiluv qarori alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi.

Ish hayʼatda koʻrib chiqilayotganda hal qiluv qarori sudyalar maslahati sirini saqlash taʼminlanadigan sharoitlarda, sud majlisida ishtirok etayotgan sudyalar tomonidan koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotgan maslahatxonada faqat ishni koʻrib chiqayotgan sud tarkibiga kiradigan sudyalar boʻlishi mumkin. Ushbu xonaga boshqa shaxslarning kirishi, shuningdek sud tarkibiga kirmaydigan shaxslar bilan muloqotda boʻlishning boshqa usullari taqiqlanadi.

Sudyalar hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻidagi muhokama mazmuni toʻgʻrisidagi, sud tarkibiga kirgan ayrim sudyalarning nuqtai nazari haqidagi maʼlumotlarni biror-bir shaxsga xabar qilishga, sudyalar maslahati sirini boshqa usulda oshkor qilishga haqli emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.