MSK · 180-modda

180-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.

Arizada quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak:

1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi;

2) idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, eʼlon qilish manbai va u toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar;

3) arizachining fikriga koʻra, uning ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim qismlari bilan buzilayotgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari;

4) arizachining fikriga koʻra, idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qismlari nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qaysi qonunchilik hujjatiga zid boʻlsa, oʻsha qonunchilik hujjatining nomi;

5) arizachining idoraviy normativ-huquqiy hujjatni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabi.

Arizaga ushbu Kodeksning 130-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatning matni ilova qilinadi.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga ariza berilganligi nizolashilayotgan hujjatning yoki uning ayrim qoidalarining amal qilishini toʻxtatib turmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.