MSK · 19-modda

19-modda. Masalalarni sud tomonidan hayʼat tarkibida hal qilish tartibi

Sud tomonidan ish hayʼat tarkibida koʻrilayotganda yuzaga keladigan masalalar sudyalar tomonidan koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi. Sudyalarning birortasi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Sud majlisda raislik qiluvchi sudya hammadan keyin ovoz beradi.

Koʻpchilikning fikriga qoʻshilmagan sudya sud hujjatiga imzo qoʻyishi shart va u oʻzining alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli, alohida fikr muhrlangan konvertda ishga qoʻshib qoʻyiladi, lekin eʼlon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi.

Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.