MSK · 204-modda

204-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni

Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyatni (protestni) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.

Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) apellyatsiya shikoyati (protesti) yoʻllanayotgan sudning nomi;

2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);

3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talabning predmeti;

4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest) bergan shaxsning qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga va dalillarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini notoʻgʻri deb hisoblash uchun keltirgan asoslari;

5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.

Apellyatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.