MSK · 239-modda

239-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni koʻrish tartibi

Kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, birinchi instansiya sudida koʻrish qoidalari boʻyicha koʻradi.

Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisidagi; talabning predmetini yoki asosini oʻzgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish toʻgʻrisidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi, bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish holi mustasno.

Sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga kelmaganligi ishni ular yoʻqligida koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.