MSK · 27-3-modda

27-3-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra maʼmuriy suddan boshqa sudga oʻtkazish

Talab sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda maʼmuriy sudga taqdim etilgan boʻlsa, ariza (shikoyat) taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.

Agar ariza (shikoyat) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni koʻrib chiqish chogʻida aniqlansa, maʼmuriy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va maʼmuriy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

Arizani (shikoyatni), ish materiallarini maʼmuriy suddan sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Maʼmuriy suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan ariza (shikoyat), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.