MSK · 281-modda

281-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi

Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati:

ijro varaqasi ijroga taqdim etilganda;

ijro varaqasi qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi.

Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati uzilgandan soʻng muddatning oʻtish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilguniga qadar oʻtgan vaqt yangi muddatga qoʻshib hisoblanmaydi.

Ijro varaqasi uni toʻliq yoki qisman ijro etish imkoniyati yoʻqligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini muddat uzilgandan keyin ijroga taqdim etishning yangi muddati ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan eʼtiboran hisoblab chiqariladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.