MSK · 61-modda

61-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish

Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxsning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma boʻyicha ish olib boradi.

Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, imzo yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.

Yuridik shaxslarning rahbarlari sudga oʻz xizmat mavqeyini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.

Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.