OK · 1-modda

1-modda. Oila toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda ularning vazifalari

Oila toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.

Oila toʻgʻrisidagi qonunchilikning vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni oʻzaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha aʼzolarining masʼulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl qoʻymaslikdan, oila aʼzolari oʻz huquqlarini toʻsqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini taʼminlashdan iboratdir.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.