OK · 105-modda

105-modda. Aliment miqdorini kamaytirish

Oila kodeksi 14-bob. Ota-ona hamda bolalarning aliment huquqi va majburiyatlari Rasmiy manba (lex.uz)

Aliment toʻlayotgan ota-onaning boshqa voyaga yetmagan bolalari boʻlib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda oʻsha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq taʼminlanib qoladigan boʻlsa, shuningdek aliment toʻlayotgan ota (ona) nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan boʻlsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega boʻlgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.

Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining toʻliq taʼminotida boʻlsa, sud aliment toʻlayotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olib, toʻlanayotgan aliment miqdorini kamaytirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

Aliment miqdorini kamaytirish uchun asos boʻlgan holatlar tugaganda manfaatdor taraf aliment qonunda belgilangan miqdorda undirilishini talab qilib, sudga murojaat etishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.