OK · 109-modda

109-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning ota-onasiga taʼminot berish majburiyati

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj oʻz ota-onasiga taʼminot berishlari va ular toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishlari shart.

Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramogʻida ekanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida gʻamxoʻrlik qilish va ularga moddiy yordam koʻrsatish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.