OK · 169-modda

169-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish asoslari

Farzandlikka olish agar farzandlikka oluvchilar:

oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan boʻlsalar;

ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilayotgan boʻlsalar;

farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boʻlsalar;

muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsalar bekor qilinishi lozim.

Farzandlikka olinuvchining xulq-atvori farzandlikka oluvchilarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, ularning hayoti yoki sogʻligʻiga xavf solayotgan boʻlsa, farzandlikka olinuvchi voyaga yetganidan keyin farzandlikka olish bekor qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.

Sud boshqa asoslarga koʻra ham bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqib, uning fikrini hisobga olgan holda farzandlikka olishni bekor qilishga haqlidir.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.