Tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar:
oʻzlariga tegishli boʻlgan aliment, shuningdek pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni olish;
uy-joyga boʻlgan mulk huquqi yoki uy-joylardan foydalanish;
qonunchilikka muvofiq uy-joy olish huquqlarini saqlab qoladilar.
Tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan koʻrishish huquqiga ham egadirlar.
Bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola oʻz fikrini erkin ifoda etishga haqli.