OK · 205-modda

205-modda. Tugʻilishni qayd etish tartibi va muddatlari

Bolalarning tugʻilishini qayd etish majburiy boʻlib, bolalar tugʻilgan joyidan yoxud ota-onasidan biri doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida bir oy ichida amalga oshirilishi lozim.

Bolaning oʻlik tugʻilganligi, tibbiy muassasaning xabariga binoan 24 soat davomida shu muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan qayd etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.