OK · 212-modda

212-modda. Nikoh tuzilganligini qayd etish joyi va vaqti

Nikohni qayd etish, nikohlanuvchi shaxslar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joydan qatʼi nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Alohida hollarda nikohni qayd etish kasalxona yoki uyda amalga oshiriladi.

Nikohni qayd etish tantanali vaziyatda amalga oshirilishi mumkin.

Nikohlanuvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh qayd etilishidan bir oy ilgari nikohga kirish toʻgʻrisida ariza beradilar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.