OK · 221-modda

221-modda. Nikohdan ajralganlik toʻgʻrisida guvohnoma. Hujjatlarga qoʻyiladigan belgilar

Nikohdan ajralish qayd etilganidan keyin sobiq er-xotinning har biriga nikohdan ajralganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.

Er-xotindan birining familiyasi oʻzgartirilganda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga uni almashtirish lozimligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.

Nikohdan ajralishni qayd etgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi nikoh qayd etilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh tugatilganligi haqida belgi qoʻyish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.