OK · 34-modda

34-modda. Haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish

Er (xotin)ning majburiyatlari boʻyicha haq undirish faqat uning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Ushbu mol-mulk yetarli boʻlmagan taqdirda haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish uchun kreditor qarzdor er (xotin) ulushini er-xotinning umumiy mol-mulkidan ajratib undirib berilishini talab qilishga haqlidir.

Agar sud er (xotin)ning majburiyatlari boʻyicha orttirilgan barcha ashyolar oila ehtiyojlari uchun ishlatilganligini aniqlasa, er-xotinning umumiy majburiyatlari boʻyicha, shuningdek er (xotin)ning majburiyatlari boʻyicha haq undirish er-xotinning umumiy mol-mulkiga qaratiladi. Bu mol-mulk yetarli boʻlmagan taqdirda er-xotin koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlar yuzasidan ularning har biriga qarashli mol-mulk bilan sherik javobgar boʻladilar.

Agar er-xotinning umumiy mol-mulki ularning biri tomonidan jinoiy yoʻl bilan topilgan mablagʻ hisobiga orttirilgani yoki koʻpaygani sud hukmi bilan aniqlangan boʻlsa, haqni undirish tegishli ravishda er-xotinning umumiy mol-mulkiga yoki uning bir qismiga qaratilishi mumkin.

Er-xotinning voyaga yetmagan bolalari yetkazgan zarar uchun javobgarligi fuqarolik qonunchiligi bilan belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.