OK · 42-modda

42-modda. Er-xotinning oʻzaro roziligi boʻlganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish

Voyaga yetmagan bolalari boʻlmagan er-xotin nikohdan ajratishga oʻzaro rozi boʻlsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi.

Er-xotin oʻrtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish toʻgʻrisida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki boʻlgan mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida nizo boʻlgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.