OK · 48-modda

48-modda. Sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilingan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan er (xotin) qaytib kelgan hollarda nikohning tiklanishi

Sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilingan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan er (xotin) qaytib kelgan va tegishli sud qarorlari bekor qilingan hollarda, nikoh er-xotinning birgalikdagi arizasiga koʻra fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi tomonidan tiklanishi mumkin.

Agar er (xotin) yangi nikohga kirgan boʻlsa, nikohni tiklash mumkin emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.