SK · 218-modda

218-modda. Moliyaviy sanksiyalar

Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik chorasidir.

Moliyaviy sanksiyalar ushbu Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qoʻllaniladi.

Javobgarlikni yengillashtiruvchi hech boʻlmaganda bitta holat mavjud boʻlgan taqdirda, jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddasida belgilangan miqdorga nisbatan ikki marta kamaytiriladi.

Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror boʻlinganda va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanganda jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddalarida belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi.

Ushbu Kodeksning 216-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, jarima miqdori ikki barobar oshiriladi.

Bir shaxs tomonidan ikki va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlik uchun alohida tarzda undiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.