SK · 343-modda

343-modda. Dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari

Yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentiga toʻlanadigan dividendlarga ushbu Kodeksning 345-moddasida nazarda tutilgan tartibda toʻlov manbaida soliq solinadi va bunday daromadlarni oluvchi tomonidan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.

Agar dividendlar Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentiga toʻlansa, olingan dividendlarga nisbatan toʻlanadigan soliq summasi uni oluvchi tomonidan olingan dividendlar summasidan va ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 11-bandida belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda aniqlanadi. Bunda dividend oluvchilar ushbu moddaga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasini daromad manbai joylashgan joy boʻyicha toʻlangan soliq summasiga kamaytirishga, agar Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, haqli emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.