Yigʻimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim;
1-1) yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yigʻim;
2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlar, jumladan:
alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yigʻim;
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻim;
3) pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim;
4) tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim.