SK · 84-modda

84-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati

Soliq toʻlovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ushbu hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida uch yil saqlashi shart.

Agar soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik soliq stavkasini qoʻllashni, toʻlanadigan soliq miqdorini, soliq imtiyozini yoki soliq chegirmasini qoʻllashni va (yoki) soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirishni soliq toʻlovchining muayyan shartlarga rioya etishi bilan bogʻlasa, ushbu soliq toʻlovchi barcha tasdiqlovchi hujjatlarni mazkur shartlarning amal qilishi tugaydigan yildan keyin kamida uch yil saqlashi kerak. Bunday tasdiqlovchi hujjatlar jumlasiga, xususan, ushbu soliq boʻyicha soliq hisoboti, unga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek koʻrsatilgan shartlarga yoki majburiyatlarga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Ushbu qismning qoidalari, agar koʻrsatilgan shartlar yoki majburiyatlar vaqtinchalik tusga ega boʻlsa va ularga rioya etilishini hujjatlar bilan tasdiqlashni talab qilsa, qoʻllaniladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.