UJK · 110-modda

110-modda. Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtiruvchi organlar

Bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondining turar joylarini almashtirish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.

Agar turar joylar turli aholi punktlarida boʻlsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan joydagi (almashtirish ishtirokchilarining xohishiga koʻra) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida rasmiylashtiriladi.

Xususiy uy-joy fondidagi turar joylarni almashtirish notarial guvohlantiriladi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.